Shodiyona etadi davom

Date:

O‘zbekning tojik-u turkman, qardosh xalqlar bilan odatlari, an’analari bir, o‘xshash. Shu sabab o‘zaro qo‘shni, quda-anda, qarindosh bo‘lib yashab kelamiz. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar ham izchil rivojlanib, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan.
Ushbu munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida chegaraoldi hududlarda va ko‘p millatli mahallalarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tojik millatiga mansub aholisi ko‘pchilikni tashkil etuvchi “Istiqlol” va “Uzunqishloq” mahallalarida Navro‘z bayrami katta tantana bilan nishonlandi. Tadbir davomida milliy urf-odatlar namoyish etildi. Xalq o‘yinlari esa barchani epchillikka, chaqqonlikka chorlash bilan birga vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga, kayfiyatlarni ko‘tarishga xizmat qildi. Turli musiqiy dasturlar esa barchani raqsga chorladi.
Mazkur bayramlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga, madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga zamin yaratadi. Bunday tadbirlar ikki xalqning azaliy an’analari va urf-odatlarini asrab-avaylash, yosh avlodga yetkazish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun