“Kambag‘allikdan farovonlik sari”

Date:

Surxondaryo viloyatida 77 ta eng og‘ir ahvoldagi mahalla tanlab olinib, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida yirik hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bu boradagi o‘rganish ishlarini Angor tumanida davom ettirdi. Mazkur tumanda 5 ta mahalla manzilli dasturga kiritilgan bo‘lib, tashrif davomida “Kattaqum” va “Navro‘z” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi o‘rganildi.

Jumladan, “Kattaqum” mahallasida 2,4 kilometr uzunlikda kanal betonlanayotgan bo‘lib, ushbu irrigatsiya tarmog‘ining rekonstruksiyasi hisobiga 180 gektar maydon hamda 460 ta xonadon tomorqasini sug‘orish tizimi yaxshilanadi. Shuningdek, “Navro‘z” mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash va hududda “Yoshlar va turizm” ko‘chasi qurilishi ham ko‘zdan kechirildi.

Hududlarga tashrif yakunida Termiz shahri Kokildor ota mahallasida aholining tomorqadan samarali foydalanish tajribasi hamda infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan ham tanishilib, mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Oldingi sahifaChigit unib chiqdi
Keyingi sahifaTeatr – ibratxonami?

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun