“Behbudiyni yod etib”

Date:

O‘zbekiston tarixida g‘oyat murakkab va sinovli bo‘lgan bir davrda Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidlik harakatining asoschisi sifatida maydonga chiqdi. U milliy ozodlik harakatining buyuk namoyandasi sifatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya, adabiyot va san’at, matbuot sohalarini rivojlantirish, jahondagi ilg‘or taraqqiyot yutuqlarini o‘zlashtirish orqali xalqning ongu tafakkurini yuksaltirish hamda hurriyatga erishish yo‘lida o‘z hayotini baxsh eta oldi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy chor hukumati va mahalliy mutaassib kuchlarning mislsiz qarshiligiga qaramasdan, mamlakatda birinchilar qatorida ilk zamonaviy maktablar tashkil qilish, ular uchun zarur darsliklar yaratish, nashriyot va teatrlar qurish ishlariga bosh-qosh bo‘ldi. Mohir publitsist sifatida o‘z davrining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan qator salmoqli asarlar va ikki yuzdan ortiq maqolalar yaratdi. Shu bilan birga, “Samarqand” gazetasi hamda “Oyina” jurnaliga asos soldi. 1914-yilda “Turon” teatrida sahnalashtirilgan “Padarkush” pyesasi orqali hududda teatr san’atining tamal toshini qo‘ydi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasini abadiylashtirish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq qilish, ilmiy va badiiy asarlarini keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida uning haykali o‘rnatildi, Samarqand shahrida uy-muzeyi tashkil qilindi, iste’dodli dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot ta’sis qilindi.
Termiz shahridagi Prezident maktabida ham buyuk ma’rifarparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlab, “Behbudiyni yod etib” nomli ma’rifiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Ushbu kechaga Termiz davlat universiteti O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi dotsenti N.Ikromov hamda “Hurayda” jurnalining bosh muharriri N.Ergashovlar taklif qilindi.
Mehmonlar tomonidan Behbudiy bobomizning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati va ta’lim-tarbiya hamda adabiyotga qo‘shgan ulkan hissasi haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar yetkazildi. Shundan so‘ng, o‘quvchilar tomonidan tayyorlarngan tadbir dasturiga navbat berildi. har bir chiqish va qimmatli ma’lumotlar Mahmuxo‘ja Behbudiy shaxsiyatini anglash, yanada yaxshiroq tushunishga yordam berdi.
O‘quvchi-yoshlar ishtirokida sahnalashtirilgan Maxmudxo‘ja Behbudiy qalamiga mansub “Padarkush” asaridan olingan parcha esa mehmonlar-u yosh tomoshabinlarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Oldingi sahifaTuhfa
Keyingi sahifaSariosiyoda Navroʻz shukuhi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Rahbarlar kitob ulashdi

“O'zbеkiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Rеspublika...

“Chashma”dan birgalikda foydalanamiz

Oʻzbеkiston va Qirgʻiziston “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish boʻyicha kеlishuvga...

Milliy liboslar namoyish etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.Mahkamova raisligida 2025-yil 19-mart...

Mehnati muvaffaqiyat keltirdi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2025” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika...
KunTun
KunTun