Alplar Vatan xizmatiga shay

Date:

Bugun alp o‘g‘lonlarning qalbida hayajon. Bir tomonda g‘urur ila sharafli xizmatni o‘tash uchun otlanishga shay bo‘lsa, ikkinchi tomondan ota-ona, yaqinlari bilan xayrlashish sinovi bilan sinashta bo‘lishayotir. Termiz shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida Surxondaryo viloyatining chaqiruv yoshiga yetgan, saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan va sog‘lig‘i jihatidan harbiy xizmatga yaroqli yoshlarning navbatdagi guruhi tantanali ravishda muddatli harbiy xizmatga kuzatildi.
Tadbirda viloyat rahbariyati, mudofaa ishlari boshqarmasi vakillari, faxriylar hamda yoshlarning yaqinlari ishtirok etdi. Janubiy operativ qo‘mondonlik rahbariyati yoshlarni va ularning ota-onalarini ushbu muhim kun bilan tabriklab, Vatan himoyasiga shay turgan yigitlarga mustahkam iroda, jasorat va muvaffaqiyat tiladi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston armiyasi yoshlarning irodasini toblaydigan, Vatan va xalqga sadoqat ruhida tarbiyalaydigan maktab sifatida namoyon bo‘lmoqda. Harbiy xizmatga yo‘l olgan yoshlar yurt tinchligi va sarhadlar daxlsizligini ta’minlashga bo‘lgan mas’uliyatni anglab, elga xizmat qilishdek sharafli burchni bajarishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Tadbir yakunida yoshlar Termiz temir yo‘l vokzali orqali Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari tasarrufidagi belgilangan harbiy qismlarga jo‘nab ketdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun