SHVED PASHSHASI — G‘ALLA KUSHANDASI

Date:

Keyingi yillarda viloyatdagi g‘alla maydonlariga sezilarli zarar yetkazayotgan zararkunanda hasharotlardan bir Shved pashshasi (Oscinella frit L.)dir. Bu zarar kunanda Shimoliy va Janubiy Amerka, Shimoliy Afrika, Yevropaning ko‘pgina qismida, MDHning g‘alla o‘sadigan barcha mamlakatlarida keng tarqalgan. O‘zbekistonda asosan lalmi g‘allalarda uchraydi. Zararkunanda sug‘oriladigan maydonlarga keng tarqalib, g‘alla doni sifatiga va hosildorligiga zarar yetkazmoqda.
Shved pashshasi — ikkiqanotlilar turkumi vakili hisoblanib, bug‘doy va arpadan tashqari sholi, makkajo‘xori hamda g‘allasimon yovvoyi o‘tlar bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan zotining bo‘yi 1,5-2 mm kattalikda, ko‘kragining oldi do‘mpayib chiqqanligi uni bukriga o‘xshatib qo‘yadi. Tusi qora, yaltiroq qorni ost tomonidan och sariq rangda. Tuxumi oq, 0,5 mm kattalikda. Bitta urg‘ochi bir necha o‘nta tuxum qo‘yadi, tuxumini bittadan, bazan ikkitadan qilib o‘rnashtiradi. Tuxum qo‘yishi uchun eng qulay harorat 18-300 daraja hisoblanadi. 350 darajadan yuqori haroratda uch kundan ortiq chiday olmay o‘ladi. Pasha tuxumini barcha ekinlarga va ko‘pgina yovvoyi g‘allasimon o‘tlarga, ayniqsa, sholi va arpaga qo‘yadi. Tuxumning rivojlanishi haroratga qarab 2-12 kunga cho‘ziladi tuxumdan chiqqan lichinka barg qini ichiga kirib, poyaning yumshoq qismi bilan ko‘pincha ichki qism bilan oziqlanadi. Oqibatda, shikastlangan poya qurib, o‘simlik g‘ayri tabbiy to‘planadi va uchki barglari sarg‘ayib quriydi. Lichinkasi 4,5-5 mm kattalikda rangi sarg‘ish yoki yaltiroq oq tusda. lichinkasining rivojlanishi 10-22 kun davom etib, uch yoshni o‘taydi. Shved pashshasi lichinkalik davrining uchinchi bosqichida kuzgi ekinlarda yovvoyi g‘allasimon o‘tlarda va yerga to‘kilgan xas-cho‘plar orasida qishlaydi. Bahorning ilk kunlari boshlangach, g‘umbakka aylanadi. G‘umbaklik davri iqlim sharoitiga qarab 5 kundan 35 kungacha davom etadi. Hasharot tuxumdan chiqib, voyaga yetgan pashsha holatiga yetguncha bir oy vaqt o‘tadi. Yiliga 4-5 avlod berib rivojlanadi.
Tabiatda shved pashshasining ko‘pgina kushandalari mavjud bo‘lsa-da, unga qarshi kimyoviy preparatlarni qo‘llash yaxshi samara beradi.
Shved pashshasi tarqalgan hududlarda kuzda ekilgan bug‘doyning maysasi 2-3 barg chiqargan fazasida quyidagi kimyoviy preparatlarning biri bilan ishlov berish tavsiya etiladi.

A.MENGLIYEV,
viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Fitosanitar nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i
L.XAKIMOV,
B.NORMO‘MINOV,
Termiz shahar fitosanitar nazorati davlat karantin inspektorlari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ichki turizm yarmarkasi” tashkil qilindi

Ichki turizmni rivojlantirish, mavjud turizm obyektlariga aholining e’tiborini jalb...

Hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

Yurtimiz dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro savdo va iqtisodiy...

Urinish besamar ketmadi

Sportning turlari ko‘p. Har bir sport turi esa alohida...

TerDUda Navro‘z shukuhi

Yurtimiz bo‘ylab Navro‘z shodiyonalari qizg‘in tus olgan ayni kunlarda...
KunTun
KunTun