“Sarhad” 1-o‘rinda

Date:

Bilim — kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelikning inson tafakkurida aks etishidir. Tasavvurimizda har bir narsaning tub mohiyatini anglashga urinsak, anglagan jihatlarimiz biz odatlangan voqea va qoidalarga zid kelmasa, bunda ishonch hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz bilim darajasiga koʻtarilishi uchun eng avvalo, maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi, yetarli darajada ishonarli boʻlishi, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslanganiga amin boʻlishimiz lozim.
Termiz tumanida joylashgan DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni mardonavor oʻtayotgan harbiy xizmatchilar bilan harbiy xizmat davomida olayotgan bilimlarini mustahkamlash, dunyoqarashini kengaytirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Lochin” va “Sarhad” jamoalari oʻrtasida zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. O‘yin davomida jamoalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, zarur xulosalarga kelishlariga to‘g‘ri keldi.
Musobaqa qizgʻin bahs-munozaralarga boy oʻtdi. Yakuniy natijalarga koʻra 1-oʻrin “Sarhad” jamoasiga nasib etdi va harbiy qism tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.

Islombek MUXAMADALIYEV,
DXX CHQ Harbiy xizmatchisi leytenant

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun