“Namunali loyiha”lar doirasida…

Date:

Yoshlarga imkon berilsa, ular nimalarga qodir ekanini ko‘rsatishadi. Ijodda, ilm-fanda, tadbirkorlikda deysizmi, muvaffaqiyat qozonishlarini tajribada ko‘rib turibmiz. Prezidentimizning joriy yil 14-fevral kuni mamlakat yoshlari bilan o‘tkazgan muloqotida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga doir qator tashabbuslar ilgari surilib, uchta muhim hujjat imzolangani ta’kidlangan edi. Shu munosabat bilan, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimizda keng ko‘lamli ishlar boshlandi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib, Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkor yoshlarning loyihalarini ko‘paytirish, ularning umumiy qiymatini 1 trillion so‘mga yetkazish va “Namunali loyiha”lar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.
Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Shu bilan birga, markazda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi shu’balarining viloyatda tibbiyot sohasini rivojlantirishga oid taqdimoti o‘tkazildi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi xodimlari bilan sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun