Murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallari bilan tuman va shaharlarda joriy yilda keng hamkorlik qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritasiga asosan hududlarda travmatologiya va ortopediya yo‘nalishida kasalliklarning oldini olish, diagnostika va davolash sifatini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Yo‘l xaritasiga ko‘ra, Angor va Denov tumanlarida ham jarrohlik amaliyotlari olib borilishi belgilangan. Angor tumani tibbiyot birlashmasida Respublika ixtisoslashgan travmatologiya-ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari hamda tibbiyot birlashmasi shifokorlari hamkorligida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
Avtoavariya sababli son suyagi sinishi asorati bilan murojaat qilgan bemorda yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, sog‘ligi bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun