Javobgarlik bor…

Date:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda yer osti suv resurslarini muhofaza qilish sohasini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi. Mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Soliq kodekslariga, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi, «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ya’ni, yer osti suvlariga quduqlarni qonunga xilof ravishda burg‘ilash va xavfli geologik jarayonlarning oldini olishga doir ko‘rsatmalar talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash, hisoblash vositalarisiz yer osti suvlari olinganda soliqni belgilangan soliq stavkasining oshirilgan miqdorida undirish, yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilashga doir ruxsatnomani berish tartib-taomilini yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga doir ruxsatnomani berish tartib-taomili bilan almashtirish nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi yer osti suvlaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga, yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun yengilliklar yaratishga hamda yer osti suvlaridan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stadion zamonaviy talablarga moslashtiriladi

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish va...

TerDUda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ta’lim, sport va dam olish uchun zamonaviy infratuzilma yaratish...

Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning...

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...
KunTun
KunTun