5-maktabning 100 yilligi nishonlanadi

Date:

Prezidentimizning ta’lim sohasini rivojlantirish, maktablardagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha bergan topshiriqlari asosida viloyatimizda qator chora-tadbirlar va loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, maktablarni ta’mirlash, shart-sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, politexnikumlar faoliyatini samarali tashkil etish yo‘nalishida yangi tajribalar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi 100 yillik tarixga ega 5-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Viloyat rahbari maktabdagi sharoitlar va mashg‘ulotlar jarayonlari bilan tanishib, ta’lim dargohini ta’mirlash hamda 25-may kuni uning 100 yilligini tantanali nishonlash yuzasidan tuman hokimiga tegishli vazifalar yukladi.
Shuningdek, viloyatdagi natijalari nisbatan past bo‘lgan 30 ta maktab direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddilari hamda maktab rahbarlarining axborotlari tinglanib, ta’lim ko‘rsatkichlarini yaxshilash, samaradorlikni oshirish va o‘qituvchilarning malakasini mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Shundan so‘ng, tumandagi politexnikum faoliyati o‘rganilib, yo‘lga qo‘yilgan tajribalar, o‘quv-ishlab chiqarish jarayonlari hamda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida ta’mirlangan yotoqxona sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Shu yerning o‘zida navbatdagi 8 ta politexnikumda qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish, budjetdan tashqari mablag‘lar jalb qilish va faoliyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Burchga sadoqat bilan…

Mamlakatimizda qonun ustuvorligi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalasi davlat...

Estafeta Qashqadaryoga topshirildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar...

Manguzardagi o‘yingoh ta’mirlanadi

Ijtimoiy sohani rivojlantirish doirasida ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish,...

“Armiya va xalq – bir tanu bir jon!

Ana shunday ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy...
KunTun
KunTun