Nur

Date:

Uchgacha sanayman, chiroq yonadi, — dedi Asror, so‘nggi shamning tugab borayotgani haqidagi xayollardan hammani chalg‘itib. Bolalarning ko‘zi lampochkaga qadaldi.
— Bi-i-ir. Ikki-i. Ikki ya-a-arim… Tayyormisizlar!?
— Dadamdan keyin men sanayman, — dedi uchovlonning kichkinasi,
— Keyin men.
— Keyin men.
Birin-ketin bolalar navbat olishdi.
— Oyi, siz ham sanaysizmi?
— Menmi!? Ayol nafasidagi sukut sadosidan, hamma jim qoldi.
— Men dadangiz uch deganda chiroq yonishiga ishonaman…
Sham o‘z ko‘z yoshiga botdi. Ammo erkak ayolining tabassumini hali hamon tiniq ko‘rib turar edi.
— Uch…

Arjumandbegim

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun