Qonuniy chora koʻrildi

Date:

Havo harorati pasayishi bilan energiya quvvatlariga ehtiyoj ortadi. Har bir kilovatt elektr energiyasi va tabiiy gaz esa pul, sarf-xarajat degani. Ba’zi yengilning osti, og‘irning ustidan o‘tishga odatlanganlar chiqim qilishdan qochib, ta’minotga noqonuniy ulanishga harakat qilishadi. Ana shunday holatlarga barham berish esa har doimgidan ham muhim. Soha xodimlarining tekshiruv tadbirlari davomida noqonuniy ravishda tarmoqqa ulanish holatlari kuzatilmoqda. Xususan, Termiz shahri, “Navro‘z” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxona rahbari Shahzod Sherov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) korxonaga tegishli bo‘lgan novvoyxonada tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, foydalanib kelayotganligi tekshiruv tadbirlarida aniqlandi. Hisob-kitoblar uddaburon tadbirkorning 227,8 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanganini ko‘rsatdi. Huquqbuzarlik holati bartaraf etilib, korxona gaz tarmog‘idan uzildi.

O‘.CHORIYEV,

IJQK departamentning Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i

A.JAMILOV,

IJQK departamentning

viloyat boshqarmasi xodimi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun