Saratonga qarshi…

Date:

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) past va o‘rta daromadli mamlakatlardagi bolalarni saratonga qarshi bepul dori vositalari bilan ta’minlaydigan yangi platforma ishga tushirilishini e’lon qildi. Bu tashabbus kasallikdan omon qolish darajasini oshirishga qaratilgan.

Dori vositalarining birinchi partiyasi allaqachon yurtimizga yetkazilgan. Dori vositalari ko‘rsatilgan mamlakatlardan 5000 ga yaqin bolalarni davolashda qo‘llaniladi.

Platforma kelgusi 5-7 yil ichida 50 ta davlatni qamrab olishi, bu esa 120 mingga yaqin bolani dori-darmon bilan ta’minlashi rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, JSST dori vositalari bilan bepul ta’minlash tajriba bosqichidan keyin ham davom etishini kafolatlaydi.

Dastur birinchi marta 2021-yil dekabr oyida e’lon qilingan. Uning ishga tushirilishi JSST va Bolalar tadqiqot shifoxonasi (AQSH) hamkorligi tufayli amalga oshirildi, u loyiha uchun 200 million AQSH dollari ajratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun