Illatlarga qarshimiz

Date:

Sariosiyo tumanidagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Biz yoshlar jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida 5000 ming qadam piyoda yurish marafoni tashkil etildi.

Unda Sariosiyo tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya, harbiy xizmatchilar, Yoshlar ishlar agentligi hamda Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limlari hamkorligida tashkil etilgan marafon davomida qatnashchilar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bilan birga, jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi kurashish zarurligini yana bir bor namoyon etdilar.

Tashkilotchilar tomonidan ilgari surilgan gʻoya va shiorlar yoshlarni jinoyatchilikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini tanlash va o‘zaro birdamlik ruhini mustahkamlashga chaqirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tonglarimizga soya tuşmasin

Tongda bolalarning beğubor kulgisi yangraşi, onalarning farzandini maktabga kuzatişi,...

Har rangingda mujassam Vatan

Davlat bayroği — mamlakatning dunyoga körinadigan qiyofasi, xalqning esa...

Uzum qandil pişibdi

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham...

Yaxşilikning manzili qayda?

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil...
KunTun
KunTun