KITOB FONDI 300 TAGA KO‘PAYDI

Date:

Kitob ko‘ngilni, ong-u shuurni nurga to‘ldiradi. Ma’naviy olamimizni boyitadi. Shu sabab ham kutubxonalar yoshlarning, umuman kitobxonlarning sevimli maskanidir. Ayniqsa, barcha kitoblarni o‘qib chiqqanlar yangi adabiyotlarni o‘qishga oshufta bo‘lishadi. Ana shunday kitobga chanqoq yoshlar uchun Sho‘rchi tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev tumandagi Axborot kutubxona markazi faoliyati bilan tanishish bahonasida markazga 300 dona kitob sovg‘a qildi.
Kutubxonaning kitob javonidan joy olgan kitoblarni bir-bir ko‘zdan kechirsangiz, “Sultonning so‘nggi kuni”, “Saltanat tulpori”, “Yetti iqlim xoqoni yoxud axd va taxt” singari tarixiy asarlar bilan bir qatorda o‘zbek, rus va jahon adabiyoti durdonalarini uchratasiz.
— Kutubxonamizning kitob fondi yanada ko‘paydi, — deydi Axborot kutubxona markazi rahbari Guljahon Xolyorova. — Tumanimiz hokimining bizga qilgan tuhfasidan boshimiz osmonga yetdi. Sovg‘a qilingan kitoblar orasida kitobxonlarimiz izlab yurgan “Chingizxon va Amir Temur” kitoblarning borligidan yanayam quvondik.

Albatta, kitob insonning ma’naviy ulg‘ayishida muhim ahamiyatga ega. Zero, beminnat do‘st bo‘lgan kitob mutolaasi kishiga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun