Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarga 10 000 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti beriladi

Date:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonga koʻra, 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami doirasida Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faxriylarni eʼzozlash hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 80 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini, ularga tenglashtirilgan shaxslarni hamda, 1941–1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida bir martalik pul mukofoti belgilandi:

— Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 000 (oʻn ming) AQSH dollari miqdorida;

— Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 000 000 (yigirma besh million) soʻm miqdorida;

— 1941–1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarining har biriga 3 000 000 (uch million) soʻm miqdorida.

 Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilandi.

 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali hamda bayramona vaziyatda topshirilishini taʼminlanadi.

 Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun