“Sumalak sayli” tashkil etildi

Date:

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan Termiz tumanida “Sumalak sayli” tashkil etildi. Katta doshqozonda milliy taomlarimizdan sumalak qaynatildi, osh damlandi. Onaxonlarimiz tomonidan kuy-qo‘shiqlar kuylandi, raqslar ijrosi dilga xush yoqib, aytilgan kelin salomlar tadbir ishtirokchilari ko‘nglini xushnud etdi.

— Sumalak saylini aynan xonadonda tashkil qilganimiz bejiz emas, – deydi, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Mahbuba Ro‘ziyeva. – Chunki bolajonlar bu tansiq taom tayyorlanish jarayonini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rsalar, albatta, ular qalbidagi ezgulik va birdamlik, qadriyat va anʼanalarimizga hurmat tuyg‘usi yanada jo‘sh uradi, milliy bayram – Navro‘zi olam va uning shoh taomi sumalak haqidagi qarashlari yanada kengayadi.

Doshqozonda tayyorlangan sumalak esa shu hududda yashovchi oilalarga, nuroniy otaxon-onaxonlarga ham tarqatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun