Vazir oʻrinbosari TISUda

Date:

Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Farhod Toshpoʻlatov boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatida ekanidan xabaringiz bor. Mehmonlar xizmat safari bilan viloyatimizdagi oliy o‘quv dargohlarida bo‘lib kelishmoqda. Navbatdagi tashrif manzili Termiz iqtisodiyot va servis universiteti bo‘ldi.
Delegatsiya universitetdagi tibbiyot fakultetiga tashrif buyurdi. Dastlab, bu yerda tahsil olayotgan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, dars mashgʻulotlari jarayonlari bilan tanishildi. Vazir oʻrinbosari boʻlajak shifokor yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi. Ularning bilim-saviyasi, olib borayotgan ilmiy izlanishlari, erishgan yutuqlari va tibbiyot sohasi rivojiga hissa qoʻshadigan zamonaviy takliflari bilan qiziqdi.
Aytish kerakki, bugun aynan tibbiyot yoʻnalishida tahsil oluvchilar uchun nafaqat nazariy bilimlar berilmoqda, balki amaliy tajribalar ham muntazam ravishda oʻrgatilib kelinmoqda. Xususan, fakultetdagi mavjud fan laboratoriyalari va mulyajlar amaliy darslarda qoʻl kelayotir. Turkiyaning “ERMETAL” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan qiymati 360 ming yevro bo‘lgan uskunalar oʻrnatilgan laboratoriyada stomatologiya amaliyotlari oʻtkazilmoqda. Vazir oʻrinbosari ushbu amaliy mashgʻulotlar uchun moʻljallangan zamonaviy jihozlarni koʻzdan kechirdi.
Shundan soʻng, universitet qoshida ochilgan “Sultan Hospital” klinikasi faoliyati bilan tanishildi. U yerda talabalar bemorlarni qabul qilishdan tortib, jarrohlik operatsiyalarida ham qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishayotgani alohida aytib oʻtildi. Bu bilan cheklanib qolmasdan, universitet rahbariyati viloyatdagi boshqa shifoxonalar, xususiy klinika va hududlardagi poliklinikalar bilan ham shartnoma imzolagan. Talabalar bugungi kunda mazkur muassasalarda ham amaliyot oʻtashmoqda. Bu esa oʻz navbatida, yoshlarning tibbiy bilim va tajribalarni puxta oʻzlashtirishiga yaqindan koʻmaklashmoqda. Tashrif chogʻida delegatsiya vakillari ayni jihatlar bilan tanishar ekan, universitetda yaratilgan bu kabi qulayliklarni e’tirof etishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun