“Turon yoʻlbarslari” bellashishdi

Date:

Surxondaryo viloyatida joylashgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvshilari oʻrtasida “Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Termiz shahridagi Prezident maktabi hamda hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari belgilangan harbiy vatanparvarlik ruhidagi shartlarda o‘zaro bellashishdi.
O‘quvchi yoshlarning jismoniy tayyorgarligi, kuch va mahoratlari sinovdan o‘tgan shartlar qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Asosiysi, ishtirokchilar ham, tomoshaga kelganlar ham o‘tgan vaqtidan achinishmadi. Natijalarga ko‘ra Termiz shahridagi Prezident maktabining “Desantchilar” jamoasining mutlaq g‘olib bo‘lishiga bir bahiya qolganda Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining “Elparvar” jamoasining qo‘li baland keldi va birinchi o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun