10 million AQSH dollarilik investitsiya kiritiladi

Date:

Prezidentimizning Malayziyaga davlat tashrifi doirasida ta’lim forumi, biznes vakillari ishtirokidagi uchrashuvlar, turistik ko‘rgazmalar o‘tkazganidan xabaringiz bor. Ushbu uchrashuv va tadbirlarda o‘zaro manfaatli aloqalar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Yurtimiz delegatsiyasi tarkibida ushbu mamlakatda bo‘lib turgan Termiz davlat universiteti rektori Malayziyaning “Kedah Agro Holdings” kompaniyasi mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazib, qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Mazkur hamkorlikning birinchi bosqichida kompaniya tomonidan viloyatimizda qishloq xo‘jaligi va baliqchilik tarmoqlarini ilmiy yondashuvlar asosida rivojlantirish loyihasiga 10 million AQSH dollarilik investitsiya kiritishga kelishib olindi.
Shuningdek, “Kedah Agro Holdings” kompaniyasi rahbariyati va ekspertlaridan iborat delegatsiyaning joriy yil aprel oyida viloyatimizga tashrifini tashkil etish, vohamiz salohiyatidan kelib chiqqan holda boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha manfaatli kelishuvlar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun