“Milliy tiklanish” sari

Date:

Har qanday jamiyatda mavjud partiyalar mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisi sifatida xalq va o‘z saylovchilari oldida mas’ul hamda burchli hisoblanadi. Davlatchiligimiz boshqaruvidagi shaffolikni ta’minlovchi o‘ng yoki so‘l kuch sifatida mamlakat rivoji va yurt osoyishtaligi yo‘lida o‘z harakat dasturi asosida faoliyat yurituvchi, sog‘lom kuch bo‘lib xizmat qiluvchi partiyalarning o‘rni, albatta, beqiyos.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda mavjud siyosiy partiyalarning faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi faoliyatini ham bugungi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Viloyat Kasaba uyushmalari birlashmasining katta majlislar zalida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat bo‘limi, shahar hamda tumanlar Kengashlarining navbatdagi I qo‘shma Plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda asosan 5 ta masala ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashining 2024-yil yakuni, 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zMTDP deputatlik guruhining joriy yilning birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida, O‘zMTDP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O‘zMTDP viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Akmal Avliyoqulovning hisoboti tinglandi.
Plenumda partiya tomonidan aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy-siyosiy, qonun va hukumat qarorlari, Prezident ma’ruzalarining targ‘ibotiga qaratilgan davra suhbati, uchrashuvlar o‘tkazilganligi, O‘zMTDPning saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalarning targ‘iboti hamda ularning ijrosini ta’minlashga qaratilgan bir qator loyihalar amalga oshirilganligi ma’ruzachilar tomonidan e’tirof etib o‘tildi. Jumladan, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ustuvor vazifalarini maqsadli amalga oshirish borasida Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan o‘tgan yil davomida 449 ta partiyaning maqsadi va vazifasi yuzasidan o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilgan. Partiya tarafdorlari sonini ko‘paytirish maqsadida 236 ta davra suhbati va uchrashuvlar tashkil etilgan. Mazkur tadbirlar orqali 30 825 nafar aholi qamrab olingan.
— 2024 yil davomida 20 ta masala Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida ko‘rib chiqildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, partiya guruhi a’zolari tomonidan yil mobaynida aloqador tashkilotlarga 358 ta deputat so‘rovi yuborilib, ularning qariyb 279 tasi ijobiy hal etildi, — deydi O‘zMTDP viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Akmal Avliyoqulov o‘z ma’ruzasida.
“Uyma-uy” loyihasi doirasida aholi, ayniqsa, ayollar murojaatlarini o‘rganish yuzasidan tizimli ishlar tashkil etilgan bo‘lib, shahar
va tuman Kengashlari tomonidan deputatlik guruhi a’zolari bilan hamkorlikda 520 ta aholi xonadoniga tashrif buyurilib, xotin-qizlar tomonidan bildirilgan jami 244 ta muammoli holat tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etilgan.
O‘zMTDP Surxondaryo viloyat Kengashi ish rejasining 16-bandi bilan tasdiqlangan “Xizmat – beminnat” loyihasi doirasida “Ayollar qanoti” tomonidan xotin-qizlarni bepul kasb-hunarga o‘rgatishga qaratilgan “Ustoz-shogird” an’analarini rivojlantirish maqsadida, mahallalarda istiqomat qilayotgan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan vaqtincha ishsiz xotin-qizlar qo‘shimcha bepul kasb-hunarga o‘rgatishga yo‘naltirilgan 9 ta yo‘nalish bo‘yicha to‘garaklar mavjud. Jumladan, sport, musiqa, tikuvchilik, kompyuter savodxonligi, qandolatchilik kurslariga 53 nafar uyushmagan xotin-qizlar jalb qilinganligi ijobiy holat.
Plenumda partiyaning viloyat, shahar va tumanlari Kengashlari a’zolari hamda viloyat, shahar va tumanlari Kengashlari Ijroiya ko‘mitasi a’zolari tarkibi qaytadan saylab olindi. An’anaga muvofiq, partiya viloyat Kengashining 2024-yildagi faoliyati tahlil qilindi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan Plenumda kun tartibidan o‘rin olgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi. O‘rtaga tashlangan masalalar yuzasidan Kengash a’zolari va deputatlar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ko‘rib chiqilgan kamchilliklar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. O‘tgan davr mobaynida faollik ko‘rsatgan deputatlar va partiya faollari e’tirof etildi, sustkashtlikka yo‘l qo‘ygan deputatlar qat’iy ogohlantirildi. Yakunda tegishli qarorlar qabul qilinib, partiya oldida turgan galdagi vazifalar belgilab olindi.

Xolmuhammad TOG‘AYMURODOV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekistonda dron ishlab chiqariladi

O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziyaga xizmat safari davomida hamkor davlat bilan...

“Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”...

O‘zbekiston—Rossiya: yangi mexanizm joriy etiladi

Rossiyada vaqtincha mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus...

3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlari uchun imtiyoz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash...
KunTun
KunTun