Xatosi ibrat bo‘lsin

Date:

Yoshlar tarbiyasi, ertangi taqdiri davlat siyosati darajasidagi masaladir. Shu sababdan ham ta’lim-tarbiya tizimiga katta e’tibor qaratilib, o‘qituvchi, ota-ona, mahalla hamkorligida o‘g‘il-qizlarimizning kun tartibida bo‘shliq bo‘lmasligiga harakat qilinayotir. Bunda pedagoglarning mas’uliyati bir necha karra ortishi haqiqat. ammo bir qo‘l bilan qarsak chiqmaganidek, ota-onalar ham farzandlari taqdiriga befarq bo‘lmasliklari lozim. Bir zumlik sustkashlik esa yosh avlod hayotini izdan chiqarib yuborishi hech gap emas. Hali maktab o‘quvchisi bo‘lgan, voyaga yetmagan Gulnozaning xatosi esa uning tengdoshlariga ibrat bo‘lishi lozim.
Yaltiragan har narsa ko‘zga chiroyli ko‘rinadi. Unga egalik qilishni, o‘zimizniki bo‘lishini istaymiz. Hamma gap esa uni o‘zimizniki bo‘lishi uchun qanday yo‘lni tanlaganimizda. Shu joyda tarbiya o‘z ishini ko‘rsatadi… Gulnoza qo‘shnisi Gulnora opaning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi javondan 69 million so‘mdan ortiq tilla buyumlarini o‘g‘irlaydi. Ularni birma-bir sotib, o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi. O‘g‘rini qaroqchi urdi deganlaridek, Gulnozaga yangasi Asila yaqindan yordam berish bilan birga puliga sherik ham bo‘ladi. O‘quvchi qizga arzimagan pullarni berib, qolganini o‘zida qoldiradi.
Buzoqni yugurgani esa somonxonagacha, deganlaridek, ikki firibgarning siri ochilib, javob berishlariga to‘g‘ri kelganlarida esa ular sarosimaga tushgancha bir-birlarini fosh qilishadi.
Bir o‘ylab ko‘raylik, bunday holatda ota-onaning e’tiborsizligi, farzand tarbiyasiga qilgan sustkashliklari uning hayotini izdan chiqarib yuborishiga sabab bo‘lmadimikan? To‘g‘ri, Gulnozaga qonunlarimiz bilan to‘g‘ri xulosa chiqarishi uchun kerakli tushuntirish ishlari olib borildi. Ammo u qanday xulosa chiqaradi? Nima bo‘lganda ham hali vaqt bor, Gulnoza to‘g‘ri yo‘lni tanlab, bunday jinoyatga qo‘l urmasligi, o‘qib o‘rganib, halol mehnat ila pul, moddiy boyliklar orttirishi mumkinligini hayotiga chin qoida qilib olishi lozim.
Ulug‘bek OQBUTAYEV,
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qulay, ochiq va shaffof

Bandixon tumanida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va davlat xizmatlari sifatini...

Jarqo‘rg‘onda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport geografiyasi kengaytiriladi

Xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hududlar iqtisodiy...

“Mehr daftari”: 68 nafar yosh qo‘llab-quvvatlandi

Angor tumanida “Mehr daftari” doirasida yetim va ota-ona qaramog‘idan...

Yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

“O‘zbekiston – Xitoy” xalqaro investitsiya forumi doirasida Surxondaryoga tashrif...
KunTun
KunTun