Loyihalar taqdimoti o‘tkazildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va tadbirkorlik tashabbuslari bilan tanishdi. Dastlab, “Nova Pharm” MCHJ qo‘shma korxonasida dori vositalari ishlab chiqarish loyihasining ikkinchi bosqichi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tadbirkor tomonidan tibbiyot klasteri tashkil etish tashabbusi taqdimot qilindi.
Shundan so‘ng, xorijiy grand mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan Biznes inkubator va tadbirkorlikka o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishildi. Markaz tadbirkorlar tayyorlash, xorijiy kompaniyalar bilan tanishtirish, chet eldan jihozlar keltirishda ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlariga ega bo‘lsada, bular to‘liq bajarilmayotganligi qayd etildi. Mutasaddilarga imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish, keyingi haftada tadbirkorlar uchun markazning xorijlik mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etish topshirildi. Shuningdek, hududdagi tadbirkorlar faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari va mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
Keyingi manzilda Termiz shahri mahallalaridagi hokim yordamchilari tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Ko‘p qavatli uylar yerto‘lasi hamda moslashtirilgan birinchi qavatlarda xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalarini tashkil etish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish vazifalari belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun