Do‘st

Date:

Bir kuni o‘g‘il uylanish maqsadida to‘y boshlabdi, to‘yga tayyorgarlik ko‘rar ekan ishlari ko‘payib ketibdi. Holdan toygan o‘g‘il otasiga iltimos qilibdi:
— Otajon, iltimos, mana do‘stlarimning telefon raqamlari, ularga qo‘ng‘iroq qilib, to‘yga taklif qiling, — debdi.
— Yaxshi o‘g‘lim, albatta, qo‘ng‘iroq qilaman, — javob beribdi ota.
To‘y kuni kuyovning bor-yo‘g‘i ikki do‘sti kelibdi. O‘g‘ilning jahli chiqib:
— Ota, sizga barcha o‘rtoqlarimga qo‘ng‘iroq qilishni so‘ragan edim-ku, — debdi. Shunda ota:
— O‘g‘lim, men sen aytganday qildim, lekin ularga sen katta bir muammoga o‘ralashib qolganingni, aynan bugun shu soatda shu joyga yordamga yetib kelishlarini so‘radim. Ko‘rib turibmizki, barcha DO‘STLARING shu yerda, qolganlari begonalar. Biz ham ularga begonamiz, — deya javob beribdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun