2 ta kumush, 2 ta bronza

Date:

Iqtidor va mahoratlarni kashf etish maqsadida sport turlari bo‘yicha musobaqalar muntazam ravishda tashkil etilib kelinmoqda. Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida ham yengil atletika bo‘yicha U-23 O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Belgilangan shartlarda mahoratlar sinovdan o‘tkazildi. Sportchilar vaqt bilan hisoblashgan holda tezkorlikka, chaqqonlikka, yugurish texnikasiga amal qilishlariga to‘g‘ri keldi.
Murosasiz kechgan musobaqada Termiz davlat universiteti talabalari ajoyib natijalarga erishishdi. Mohinabonu Ro‘ziyeva – 400 metr va 200 metr yugurish bahslarida ikkita kumush, Asliddin Xo‘shboqov – 4×200m va 4×400m estafetalarida ikkita bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Oldingi sahifaKlinik psixologlar tayyorlanadi
Keyingi sahifaDo‘st

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun