Rejali ish samarasiz ketmas

Date:

Ayni paytda qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Surxondaryodagi qishloq xo‘jaligi obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda. Tashrif dasturiga ko‘ra, vazir viloyatning Denov tumanida bo‘lib, Hazorbog‘ hududidagi 20 gektar maydonda barpo etilgan issiqxonalar kompleksini ham ko‘zdan kechirdi. Hajmi 30 sotixdan 1 gektargacha bo‘lgan ushbu issiqxonalar “Turonbank” ATb tomonidan barpo etilgan bo‘lib, shu hududda istiqomat qiluvchi aholiga ularning to‘lov imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kooperatsiya asosida bo‘lib berilgan. Issiqxona asosan limon yetishtirishga ixtisoslashgan.
Issiqxona bilan shug‘ullanayotgan yurtdoshlarimizning omilkorlik va puxta reja asosida ish tutishi bois, issiqxonalardagi har bir qarich yerdan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Natijada, qator oralarida yetishtirilayotgan kartoshka va anvoyi gullar qo‘shimcha daromad keltirmoqda.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov issiqxonalarda limon bilan birga kartoshka va gul yetishtirayotgan dehqonlar bilan suhbat chog‘ida ularning omilkorligini alohida e’tirof etar ekan, kelgusi rejalari haqida qiziqib, issiqxonada boshqa ekin turlarini ham yetishtirishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Naqshbandiya yo‘lining yuragi

 Turkiya va Indoneziyada Surxondaryo viloyatining ziyorat va turizm salohiyati...

“27 qozonda – 27 xil osh”

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalar turar joyida...

360 o‘rinli bog‘cha qurilishiga start berildi

Prezidentimizning qamrov darajasi past bo‘lgan hududlarda davlat-xususiy sherikchilik asosida...

Bandligi ta’minlandi

Angor tumanining “Qorasuv” mahallasida yashovchi, II guruh nogironi Zafar...
KunTun
KunTun