“Yashil” belbog‘lar yaratilmoqda

Date:

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ekologik toza hayot qurish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida har yili “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Mazkur loyiha doirasida viloyatimizda ham qator amaliy ishlar, turli bog‘lar, “yashil” belbog‘lar yaratilmoqda. Tashabbus doirasida Angor tumanida joylashgan “Farovon sifat Surxon” MCHJ tomonidan yaratilayotgan 3 gektarlik bog‘da daraxt ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va mutasaddilar, shuningdek, onlayn formatda shahar va tumanlardagi 337 ta “zapravka”lar masʼullari hamda 724 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari ishtirok etdi.
Viloyat rahbari mazkur tashabbus uchun tadbirkorlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, yaratilgan bog‘ kelgusida ularning o‘zlariga qolishini, bu ezgu ish bilan ekologiya musaffoligini asrashga bebaho hissa qo‘shayotganliklarini ta’kidladi.
Shuningdek, viloyatdagi har bir mahallaning “Mahalla byudjeti”da shakllangan mablag‘lari hisobidan kam ta’minlangan oila xonadonlarida ko‘chat ekish tadbirlariga ham start berildi. Bu ishlarni namunali tashkil etish maqsadida kelgusi haftada ushbu formatdagi keng ko‘lamli tadbir qayta o‘tkazilishi belgilandi. Viloyat rahbari hududdagi xonadonlarning birida yoshlar bilan mevali daraxt ko‘chatlari ekdi.
Shundan so‘ng, avtomobil yo‘llari bo‘yiga ekilgan daraxt ko‘chatlarini sug‘orish va parvarishlash ishlari bilan tanishdi. Mutasaddilar bilan Sherobod tumanida joylashgan Iso at-Termiziy majmuasidan M39 xalqaro avtomagistral yo‘li bo‘ylab, Sherobod, Muzrabot, Angor va Termiz tumanlari hamda Termiz shahrigacha bo‘lgan yo‘lbo‘yi hududlarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, tashkil etilgan “yashil” belbog‘lar parvarishi, dalalarda qishloq xo‘jaligi ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun