“Taxta” bozori o‘rnida savdo kompleksi quriladi

Date:

Termiz shahri “Surxon sohili” mahallasida joylashgan “Taxta” bozori o‘rnida zamonaviy qurilish materiallari savdo kompleksi hamda hududda joylashgan bo‘sh yer maydonida sanoat zonasi qurish bo‘yicha loyiha takliflari ishlab chiqilib, viloyat rahbariga taqdimot qilingani hafida xabar berilgandi. Mazkur loyihalarning qurilishiga start berildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, mutasaddilar, loyiha tashabbuskorlari hamda nuroniylar ishtirok etdi.
Viloyat rahbari loyihaga tamal toshini qo‘yib berdi hamda mutasaddilarga qurilish ishlarini sifatli va muddatida amalga oshirish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, hududlarda bir kunlik bozorlarning rekonstruksiyasi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun