DMTT foydalanishga topshirildi

Date:

Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanishga topshirildi degani, bu qanchadan qancha jajji qorako‘zlarning kelajagi g‘amxo‘rlik ostiga olinganini ko‘rsatadi. Albatta, bog‘chaga borgan bola bilan bormaganining orasida yer bilan osmoncha farq bo‘ladi. Bu maktab ostonasiga qadam qo‘yganda yaqqol seziladi.
Sherobod tumanning olis hududlarining biri hisoblangan “Chorbog‘” mahallasidagi Oqtosh qishlog‘ida qiymati 1 milliard 300 million so‘m bo‘lgan 90 o‘rinli 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu mahallada 330 nafar 3-6 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud bo‘lib 90 nafari mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olinishi ko‘zda tutilgan. Tantanali ochilish marosimida soha vakillari, mahalla nuroniylari va faollari ishtirok etishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tonglarimizga soya tuşmasin

Tongda bolalarning beğubor kulgisi yangraşi, onalarning farzandini maktabga kuzatişi,...

Har rangingda mujassam Vatan

Davlat bayroği — mamlakatning dunyoga körinadigan qiyofasi, xalqning esa...

Uzum qandil pişibdi

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham...

Yaxşilikning manzili qayda?

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil...
KunTun
KunTun