Taklifni klasterlar joylaydi, fermerlar tanlaydi

Date:

Endilikda paxta yetishtiruvchilar birjaga xaridorlar tomonidan joylangan takliflar orasidan bir yoki bir nechtasini tanlash orqali fyuchers, forvard yoki spot shartnomalarini tuzadi. Boshlang‘ich narx Nyu-York birjasidagi oxirgi 6 oylik o‘rtacha kotirovkalardan kelib chiqib belgilanadi. Savdolar hududiy chegaralar doirasida o‘tishi bo‘yicha cheklov saqlanib qoladi.
Prezidentning«Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 2025-yil paxta hosilidan boshlab quyidagicha tartib o‘rnatiladi:
– Respublika tovar-xomashyo birjasi kalendar yilining -noyabr kunida (2025-yil hosili uchun 1-fevralda) paxta tolasining Nyu-York birjasidagi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi o‘rtacha kotirovkasidan kelib chiqqan holda, kelgusi yil hosili uchun paxta xomashyosining boshlang‘ich narxini (birinchi nav, ikkinchi sinf) aniqlab, o‘z veb-saytida e’lon qiladi;
– mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha paxta xomashyosi yetishtiruvchi xo‘jaliklar va klasterlar hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalari o‘rtasida paxta xomashyosi yetkazib berish bo‘yicha oldi-sotdi (fyuchers, forvard va spot) shartnomalari birjaning paxta xomashyosi seksiyasida har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan savdolarda tuziladi;
– xo‘jaliklar hamda qayta ishlovchilar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar tomonlarning erkin tanlovi asosida o‘tkaziladigan birja savdolari orqali xo‘jaliklar tomonidan yetkazib berish muddatlarini hamda bir yoki bir nechta xaridorni mustaqil ravishda tanlash orqali rasmiylashtiriladi;
– birjada barcha shartnomalar Agroplatforma axborot tizimi bilan integratsiya qilingan ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida tuziladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun