9 ta kanalda GES quriladi

Date:

Yilning qay faslida bo‘lmasin, elektr energiyasidan foydalanamiz, bu biz uchun zarurat va ehtiyojga aylangan. Afsuski, tabiiy resurslar bitmas-tuganmas emasligi har birimizni tejamkorlikka boshlashi bilan birga o‘z oldimizga yangi chora va yo‘llarni izlashga harakatga undaydi. Harakatlarimiz natijasi o‘laroq quyosh panellaridan foydlanish keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, boshqa tomondan yangi GES qurishga, elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga xizmat qilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov barcha sohalarga e’tibor qaratib, aholi turmushini yaxshilash, hayotini farovonlashtirish yo‘lida tinim bilmay, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish va ijrosini qattiq nazorat ostiga olgan. Ayni maqsadda hududlarga tashrifini Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlarida davom ettirdi.
Xususan, Jarqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi “Zang” kanalida kinetik turbinali mikro GES qurilishi bilan tanishdi. Uchta agregatdan iborat bo‘lgan mazkur inshoot 60 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, mutasaddilar viloyat hududlaridagi 9 ta kanalda barpo etilishi rejalashtirilgan, umumiy 435 kVt quvvatga ega kinetik turbinali mikro GESlar loyihalari yuzasidan axborot berdi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumani “Bog‘aro” mahallasida joylashgan kichik sanoat zonasida lotlarda loyihalarni joylashtirish, tumanda ko‘p qavatli turar joylar qurish, shuningdek, sanoat zonasiga va tuman markaziga boruvchi yo‘llarni rekonstruksiya qilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, loyihalarni shaharsozlik normalariga asosan amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.
Tashrif so‘nggida qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish majmuasi tashkilotlari, shahar va tumanlar hokimlarining mas’ul o‘rinbosarlari ishtirokida viloyatda mazkur soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Boysun osmonida 35 xil rang

“Boysun bahori” turizm markazida xalqaro folklor festivali tadbirlari ko‘tarinki...

Qadriyatlar sadosi yangrar

Boysun tumanining "Bibishirin" mahallasida joylashgan “Boysun bahori” turizm majmuasida...

“Boysun bahori” — madaniyatlar chorrahasi

Surxondaryo viloyatida milliy madaniyat va boy folklor merosini keng...

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...
KunTun
KunTun