Zo‘ravonga qamoq tayin

Date:

So‘nggi vaqtlarda ayollar va bolalarni turli zo‘ravonlik va tahdidlarga uchrayotgani sir emas. Jabrlanuvchilar esa oilaviy zo‘ravonlikdan ko‘proq aziyat chekmoqdalar. Bunday ayanchli voqelar esa er-xotin o‘rtasida kelib chiqayotganligi huquqbuzarga muqarrar jazo chorasini qo‘llashni taqazo etmoqda. Jazo chorasi esa shaxsni tuzalish yo‘liga o‘tishiga ko‘maklashishi, boshqa shaxslarning ham huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi kerak.
Kuni kecha jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi tomonidan oilaviy zo‘ravonlik bilan huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. A.H 2024 yil 13 fevral kuni soat 2330larda Sho‘rchi tumani “Oqkamar” mahallasida bir ro‘zg‘or asosida birga yashayotgan turmush o‘rtog‘i A.A bilan o‘zaro janjallashib qolib, uni do‘pposlab, A.Aga yengil tan jarohati yetkazib, oilaviy zo‘ravonlik harakati sodir etgan. Sud A.Hga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 59-2-moddasi 2-qismi 7 (yetti) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

SH.Qodirov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi tergov sudyasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun