Sharoit shahardagidek

Date:

Gap tibbiyot sohasi haqida ketar ekan, albatta, amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan shart-sharoit va qulayliklar inson qadri nechog‘lik ulug‘ ekanidan dalolat beradi. Chekka va olis hududlarda ham xuddi shahardagidek sharoit yaratilgani, malakali mutaxassislarning jalb etilgani kishini quvontiradi. Sohada yangi qadamlarning tashlanayotgani aholi salomatligini saqlash, kasalliklarni erta aniqlab, kerakli davo choralarini ko‘rishga xizmat qilayotir. Buning uchun esa odamlarning uzoqqa borishiga hojat qolmay, balki o‘zlari yashaydigan hududdagi shifoxona, poliklinika, klinikalarga murojaat qilishayotir. Xuddi shunday Termiz tumani tibbiyot birlashmasi “Yangiariq” filialining yangidan qurilgan 80 o‘rinli binosi ham foydalanishga topshirildi.
Filialning ish boshlashi katta tantanaga aylanib ketdi. Yosh-u keksa — tuman ahlining quvonch-u hayajoniga Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham sherik bo‘ldi va shu munosabat bilan so‘zga chiqib, keyingi yillarda tibbiyotni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor aholi salomatligini muhofaza qilib, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishda yuksak samara berayotganini ta’kidladi. Bundan 53 yil muqaddam barpo etilgan ushbu tibbiyot maskanida yuz bergan o‘zgarish va yangilanishlar ham bunga yaqqol misol ekani qayd etildi.
Prezidentimizning “2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida tubdan rekonstruksiya qilingan tibbiyot maskanida barcha sharoitlar yaratilgan. Buning uchun 5,5 milliard so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lib, 20 o‘rinli xirurgiya, 40 o‘rinli terapiya va 20 o‘rinli akusher-ginekologiya bo‘limlari uchun binolar qurilib, ikki milliard so‘mlik zamonaviy tibbiy asbob-uskuna bilan jihozlandi. Shuningdek, 40 o‘rinli tug‘ruq bo‘limi va 100 qatnovga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika binolari to‘liq rekonstruksiya qilindi.
Marosim davomida ishtirokchilar qiyofasi tubdan yangilangan muassasada tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zamonaviy va qulay…

Yosh avlodga zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratish mamlakat ijtimoiy siyosatining...

Cho‘ng‘ara va Tosh-Tobo Qirg‘iziston tarkibiga o‘tkazildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayoni...

Toqchida tibbiy punkt ish boshladi

Aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bugungi...

Hudud yanada ko‘rkam

Jarqo‘rg‘on tumanida temir yo‘l atrofidagi hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish...
KunTun
KunTun