Mahsulotlar tarkibidagi transyog‘larni aniqlash boshlanadi

Date:

Yurtimizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyog‘lardan foydalanishning cheklangan miqdorlarini belgilash bo‘yicha sanitariya qoidalari va meyorlari JST talablariga muvofiqlashtiriladi. Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimini kuchaytirish va bu borada sanitariya qoidalarini ishlab chiqib, meyorlarni yuqori standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida 2025-yil 1-iyulga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining laboratoriyalarini oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyog‘larni aniqlash uchun zarur jihozlar bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.
2025-yil 1-avgustga qadar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyog‘lardan foydalanishning cheklangan miqdorlarini belgilash bo‘yicha sanitariya qoidalari va meyorlari Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiqlashtirilishi ta’minlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun