Mening hissam

Date:

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar qalbida kitobga mehr uyg‘otish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.Shu maqsadda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Mening kutubxonamga hissam” nomli ma’naviy-ma’rifiy loyiha o‘z faoliyatini izchil davom ettirmoqda. Ushbu loyiha yoshlarda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish, kutubxona fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish, eng muhimi, talabalar orasida “kitob sovg‘a qilish” an’anasini shakllantirishga qaratilgan.
Loyihaning tashabbuskorlari — institut o‘qituvchilari Muhammad Xudoyberdiyev va Alisher Safarovlar birinchi bosqichda talabalar bilan birgalikda “Bir talaba — bir kitob” shiori ostida ezgu tashabbusni boshlab berdilar. Ular tomonidan kutubxona fondiga 52 ta o‘quv qo‘llanmalari va badiiy adabiyotlar topshirildi. Har bir talaba, o‘z navbatida, kutubxonaga kitob hadya etib, bu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Kitob o‘qigan inson hayotda mustahkam pozitsiyaga ega bo‘ladi, so‘z boyligi kengayadi, fikrlash doirasi chuqurlashadi. Shu sababli, “Mening kutubxonamga hissam” loyihasi nafaqat kutubxona fondini boyitish, balki yoshlarning qalbida kitobga muhabbat urug‘ini ekish, ularni ilm-fanga oshno etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Muxammad Xudoyberdiyev,
DTPI o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyliklar munosib qatnashdi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga...

Jazo  yetarli  emas

Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning qonuniy...

Murojaat — shikoyat emas, signal

Ba’zan chiqindi tashish xizmati uchun asossiz hisoblangan qarzdorlik, internet...

Himoyaning  yangi  modeli

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash, korrupsiya xavflarini...
KunTun
KunTun