Adolat va halollik—bosh mezon

Date:

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.Bu illat nafaqat iqtisodiy barqarorlikka, balki fuqarolarning davlat organlari va moliya muassasalariga bo‘lgan ishonchiga ham jiddiy zarar yetkazadi.
Shu bois, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish va uning oldini olish mexanizmlarini kuchaytirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
“O‘zsanoatqurilishbank” tizimida ushbu islohotlar doirasida qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Prezidentimizning joriy yil 21-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, alohida ichki nazorat bo‘linmasi tashkil etilgan. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bank kuzatuv kengashiga bo‘ysunadi.
Bankda korrupsiya holatlarini aniqlash va ularning oldini olish, mehnat jamoasida murosasiz munosabatni shakllantirish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Korrupsiyaning oldini olish faqat nazorat choralari orqali emas, balki xodimlar va mijozlarning huquqiy ongini oshirish orqali ham amalga oshirilmoqda. Uchrashuvlar va seminarlar davomida halollik va qonunga sadoqat tamoyillari targ‘ib etilmoqda.
Bank xodimlarining odob-axloq kodeksi va ichki qoidalarga rioya etishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan. Bank binolarida “Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik” shiorlari aks etgan maxsus stendlar va belgilar o‘rnatilgan. Shuningdek, korrupsiya yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida xabar berish uchun “ishonch telefoni”, maxsus veb-forma va “Telegram” chat-bot orqali 24/7 rejimida murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish – bu tizimda halollik va adolatni qaror toptirishga qaratilgan uzluksiz jarayondir. Bank jamoasi faoliyatida ochiqlik va ishonch muhitini mustahkamlash yo‘lida izchil harakat qilmoqda.

Bedil Amankulov,
“O‘zsanoatqurilishbank”
ATB viloyat
Korrupsiyaga qarshi kurashish guruhi xodimi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun