Yaponiya texnologiyasi yordamida…

Date:

Surxondaryo viloyatida tabiiy gaz yetib bormagan ko‘p qavatli uylarni xavfsiz va samarali yoqilg‘i bilan ta’minlash maqsadida Yaponiyaning zamonaviy “ITO” uskunalari joriy etilmoqda. “Hududgazta’minot” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Jarkurg‘on tumanidagi ikki qavatli 32 xonadonli uylar “ITO-05” rusumli sintetik tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi uskunalar bilan jihozlandi. Shuningdek, Muzrabot tumanidagi ko‘p qavatli uylar ham shu tizim asosida gaz bilan ta’minlanadi.

Mazkur texnologiya yordamida endilikda aholiga maishiy gaz ballonlarisiz, xavfsiz va barqaror yoqilg‘i yetkaziladi. Gaz maxsus ballonlarda to‘ldirilib, qayta ishlangach, quvur orqali xonadonlarga uzatiladi.

Mutaxassislar fikricha, bu tizim energiyani tejaydi, yonish xavfini kamaytiradi va iste’molchilarga qulaylik yaratadi. Ushbu loyiha hududda ekologik toza, xavfsiz va zamonaviy energiya tizimlarini joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun