Kompensatsiya to‘lovlari undirildi

Date:

Sherobod tumani markazida qurilish ishlari olib borilib, 17 nafar tadbirkorning noturar bino inshootlari tuman hokimligining kelishuv bitimiga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilib, kompensatsiya to‘lab berilishi va’da qilingan. Biroq, kelishuv bitimiga asosan kompensatsiya puli o‘z vaqtida to‘lab berilmaganligi sababli ushbu masala fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudida ko‘rib chiqilib, tuman hokimligi hisobidan jami 1 milliard 108 million 820 ming so‘m kompensatsiya undirilishi belgilangan edi.Kompensatsiya undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari ish yurituviga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishildi. Olib borilgan ijro harakatlari natijasida 17 nafar tadbirkor foydasiga to‘lab berilmagan jami 1,1 milliard so‘m kompensatsiya to‘lovlari undirilishi ta’minlandi.

Denov tumanida yashaydigan I.Mo‘minovning ham yer uchastkasi tuman hokimligining kelishuv bitimiga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan. Afsuski, yer uchastkasidan ajralgan bu inson ham kompensatsiya mablag‘ini o‘z vaqtida undirib ololmagan. Bu ish bo‘yicha sudning ijro hujjati bilan kelishuv bitimi tuzgan tuman hokimiyati hisobidan 486 million 194 ming so‘m undirish belgilangan. Majburiy ijro byurosi Denov tuman bo‘limi olib borgan ijro harakatlari chog‘ida fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanib, kompensatsiya to‘lovlari to‘liq undirib berildi.

Byuroning viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tgan 2024 yil davomida 197 ta ijro hujjatlari bo‘yicha fuqarolar hamda yuridik shaxslar foydasiga hokimliklardan jami 29 milliard 879 million so‘m kompensatsiya to‘lovlari undirib olingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Burchga sadoqat bilan…

Mamlakatimizda qonun ustuvorligi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalasi davlat...

Estafeta Qashqadaryoga topshirildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar...

Manguzardagi o‘yingoh ta’mirlanadi

Ijtimoiy sohani rivojlantirish doirasida ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish,...

“Armiya va xalq – bir tanu bir jon!

Ana shunday ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy...
KunTun
KunTun