Boysunliklar orzusi ushaldi

Date:

Yangi yilni yangi orzu va maqsadlar bilan kutib oldik. Katta marralarni ko‘zlab, bu yo‘lda bor kuch va salohiyatimizni ishga solish ishtiyoqi ila yonayotganimiz ham bor gap. Albatta, o‘tgan yildagi islohotlar bu yilda yanada izchillik bilan davom etadi. Barcha sohalarda o‘zgarishlar, yangilanishlar kechayotgan bir paytda tibbiyotda ham yangi qadamlar tashlanib, aholi salomatligini saqlash maqsadida bor imkoniyatlardan foydalanilmoqda. Ana shunday imkoniyatlar, o‘zgarishlar nasimi olis Boysun tumanida ham esayotir. Yangi yilda tuman ahlining uzoq yillardan buyon kutayotgan yana bir orzusi ushaldi. Olis va tog‘li hududda buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan bemorlar endilikda shifo istab, viloyat markaziga borishmaydi, balki shu yerning o‘zida tashkil etilgan zamonaviy muassasada davolanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bundan ko‘rinadiki, Prezidentimiz tashabbusi bilan sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizning olis va chekka hududlarida ham o‘z samaralarini bermoqda. Joylarda yangi tibbiyot muassasalari barpo etilib, mavjudlari tubdan ta’mirlanayotir. Zamonaviy usulda jihozlanib, bemorlarning o‘z hududida zarur muolajalarni olishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Bunga chekka Boysun tumani tibbiyot birlashmasida yangi tashkil etilgan gemodializ bo‘limi ham yaqqol misoldir.
Shu paytgacha tumanda buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan bemorlar zarur muolaja olish uchun uzoq yo‘l bosib, Termiz shahri, qo‘shni viloyatlar markazi yoki poytaxtga borgan bo‘lsa, yangi bo‘limning ish boshlagani bu muammoga to‘liq chek qo‘ydi. Buning uchun tibbiyot muassasasi Germaniyada ishlab chiqarilgan uchta qon toksik, ya’ni zaharli moddalardan tozalash uskunasi bilan jihozlandi. Yangi yilda yuz bergan bu yangilik tuman aholisi, ayniqsa, buyrak yetishmovchiligi bor bemorlarning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga ishonch hissini yanada mustahkamladi.
— Sog‘ligingiz uchun-ku, uzoq yo‘l bosib, xarajat qilib, borib davolanasiz, — deydi Ismoil Rahimov. — Ammo vaqtingiz ketishi, sarsongarchiliklar, bundan tashqari, yaqinlaringizni sizdan hol-ahvol so‘rab kelishlari ham ortiqcha ovoragarchilikdan boshqa narsa emas edi. Betob holingizda davolanishni o‘ylaysizmi yoki masalaning bu tomonlarini.
Ayni paytda barcha qulayliklarga ega keng, shinam xonalarda 20 ga yaqin bemor sifatli tibbiy muolaja olib, davolanayotir. Ularga sohada yetarli tajribaga ega, malakali shifokorlar xizmat ko‘rsatmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ehson

— Alo, Assalomu alaykum, bu ehsonchi akani telefonlarimi?— Vaaleykum...

Giyohvandlikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi

Giyohvandlik, psixotrop moddalarga ruju qo‘yish holatlariga afsuski, duch kelmoqdamiz....

MTTda o‘yin maydonchalari barpo etilmoqda

Bog‘cha bolajonlarning sevimli maskani. Do‘stlari bilan vaqtini mazmunli o‘tkazadigan,...

“Turon yoʻlbarslari” bellashishdi

Surxondaryo viloyatida joylashgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab...
KunTun
KunTun