Avtomobillar endi uchadi… mi?

Date:

Tinib tinchimagan odamlar ilm-fan, aql-idrok kuchi ila nimalarni o‘ylab topishmaydi a? kechagina xayolimizga keltira olmaganlarimiz, bugun biz uchun qulaylik berayotgani ham haqiqat. Xitoylik olimlar birinchi uchar avtomobillarni yaratishganiga nima deysiz?
Xitoyning Szyansu viloyatida Janubi-Sharqiy universiteti tadqiqotchilari guruhi mamlakatning birinchi aeroelektrokar avtomobili – Southeast University Kunpeng No.1ni ishlab chiqdi va taqdim etdi. Elektr transport vositasi to‘rtta koaksiyal vintli konfiguratsiyaga ega. Ammo an’anaviy aerotaksilardan farqli ravishda, Southeast University Kunpeng No.1 yer ustida hamda havoda harakatlanish imkoniyatlarini o‘zida mujassam etgan integratsiyalashgan havo transporti sifatida ishlab chiqilgan.
Maksimal uchish og‘irligi 500 kilogramm bo‘lgan elektromobilning parvoz vaqti kamida – 20 daqiqa. Bundan tashqari, u maksimal 300 metrdan ko‘roq balandlikka ko‘tarila oladi. Yo‘lda u soatiga 60 kilometr tezlikka erisha oladi. Hozirda uchar elektrokar yuqori quvvatli akkumulyatorga ega.
Tadqiqotchilar, shuningdek, uchar avtomobillarning keyingi avlodida parvoz davomiyligini ikki soatgacha uzaytirish bo‘yicha qo‘shimcha tadqiqotlar ustida ishlamoqda.
Amerikaning Alef Aeronautics kompaniyasi Model A nomli noodatiy uchar avtomobilni taqdim etgan edi. Avtomobilni ilk bor 2025-yildan boshlab yetkazib berish rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun