MTTlarda Soya teatrlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda

Date:

Soya teatri – qo‘g‘irchoq teatrining o‘ziga xos turlaridan hisoblanadi. Unda qo‘g‘irchoqlar emas, balki shakllardan iborat o‘yinchoqlar yoki odamlar rol o‘ynaydi. Tomosha qiluvchilar sahna ro‘parasida o‘tirib, ekranda yoki sahnada yorug‘lik orqali harakatlanayotgan soyalar, odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko‘rishi mumkin.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan bolajonlarning tasavvurlarini kengaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida mazkur teatrlar viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat boshlashi rejalashtirilgan. Termiz shahridagi 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida shahardagi bog‘cha rahbarlari va boshqa mas’ullar uchun tashkil etilgan seminarda ilk bora yig‘ilganlar e’tiboriga mazkur ta’lim muassasasi jamoasi tomonidan Soya teatri ko‘rinishida sahnalashtirilgan tomosha namoyish etildi.

Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Jasur Mirzaqulov ham ishtirok etib, Soya teatrining afzalliklari xususida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlariga ma’lumot berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun