“Yoshlar daftari — imkoniyatlar daftari”

Date:

Kim uchundir ishsizlik bahona, bekorchilikdan bahra olib, tavsiya etilgan ish o‘rinlarining maoshi kam, ishi og‘ir, yo‘li uzoqligini ro‘kach qilib, voz kechadi. “Ishlayman” degan esa bahona qidirmaydi, imkonsizlikdan-da, imkon topadi. Jarqo‘rg‘onlik Rahmonqul Rajapov ham ish izlab o‘tirmay, o‘zini tomorqasidagi bo‘y yerdan unumli foydalanishga urdi. Hozirgi kunda issiqxona qurib, oilaviy ishlab daromad topmoqda.
Rahmonqul mahalladagi yoshlar yetakchisi yordami bilan 33 million so‘mlik kredit olib, issiqxonasini kengaytirib, qulupnay yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Mehnatdan qochmaydi, balki ekinlari gurkirab yashnayotganidan, hosilga kirayotganidan kuchga to‘ladi. Maqsadni katta olib, oldinga intiladi.
Hozirda oyiga 8-9 million so‘m daromat topayotgan qahramonimiz kelajakda issiqxonasini kengaytirib, boshqa turdagi mahsulotlarni yetishtirishni maqsad qilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun