Yagona onlayn platforma ishga tushadi

Date:

Vazirlar Mahkamasining «Turizm sohasini raqamlashtirish va turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab Milliy turizm yagona platformasi sinov tariqasida, 2025-yil 1-dekabrdan esa to‘liq ishga tushiriladi.

Ushbu platforma sayyohlarga joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va sayyohlar tomonidan baholash imkonini beradi. Qolaversa, respublikadagi turoperatorlar va turagentlar xizmatlari, shu jumladan, sayyohlarga gid, gid-tarjimon, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi, ekskursiya yetakchilari ushbu platforma xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, yo‘nalishsiz taksi va avtotransport vositalari ijarasi xizmatlari, avtobus, avia va temiryo‘l chiptalari, madaniy meros obyektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini xarid qilish, xalqaro va milliy to‘lov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish hamda turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish ham ayni platforma xizmatlariga kiritilgan.

Platforma ma’lumotlarining 14 ta xorijiy tilga tarjimasi ta’minlab boriladi. Transport vazirligi bilan birgalikda “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, Uzbekistan Airways va boshqa yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega tashkilotlarning elektron chiptalarini xarid qilish tizimlari integratsiya qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...

Uchrashuvdan ko‘ngillar shod

Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev 44-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim...

Universitetda 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va...
KunTun
KunTun