Abu Rayhon Beruniyning XII asrga oid qo‘lyozmasi topildi

Date:

Malayziyaning Xalqaro Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi kutubxonasidan Abu Rayhon Beruniyning “At-Tafhim” asarining to‘qqiz asrlik va Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub “Shohnoma” asarining salkam olti asrlik qo‘lyozmalari topildi.

Qo‘lyozmalardan biri, alloma Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub bo‘lgan “At-Tafhim“ asaridir. Fors tilidagi, samo jismlarini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan bu asar 1197-yilda ko‘chirilgan.

Ikkinchi qo‘lyozma Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma“ asarining o‘rta asrlarda ko‘chirilgan qo‘lyozmasidir. Qo‘lyozma nasta’liq xatida temuriylar kitobat san’atiga xos uslubda ko‘chirilgan bo‘lib, undan 29 ta miniatyura o‘rin olgan. Ushbu miniatyuralarda Kamoliddin Behzod maktabiga xos unsurlar ko‘zga tashlanadi.

Mazkur qo‘lyozmalar qayerda va kim tomonidan ko‘chirilgani hozircha noma’lum. Ma’lum qilinishicha, ular o‘n yilcha ilgari Niderlandiyada o‘tkazilgan auksion savdosi orqali sotib olinib, Malayziyaga keltirilgan.Kutubxona rahbariyati mazkur qo‘lyozmalarning nusxalarini O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi fondiga topshirishlarini ma’lum qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun