Hadis ilmi bilimdonlari Termizda bellashdi

Date:

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Hadislar bilimdoni” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tanlovda yurtimizdagi o‘nta o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining ilm-u tolib va tolibalari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Ko‘rik-tanlov Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi. Ochiq, oshkora o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar to‘rtta shart bo‘yicha bellashib, dastlab buyuk muhaddislarning hayoti va ilmiy faoliyati to‘g‘risidagi savolga javob berdi. Keyingi shartlar hadis kitoblari va hadis istilohlariga oid savollarning javobini aytish bilan davom etdi. Imom Termiziyning “Sunani Termiziy” asaridan keltirilgan hadislarni yoddan aytishdi.
O‘z davrida muqaddas islom dini rivojiga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning hayoti, ijodi va ilmiy faoliyati, dunyo xalqlarining bebaho mulkiga aylangan nodir asarlarining mazmun-mohiyati, qadr-qimmati o‘z ifodasini topgan tanlov ishtirokchilari bilimini nufuzli hakamlar hay’ati xolisona baholab bordi.
Tanlov yakunida “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabasi Munira Islomova faxrli birinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar diplom esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tezkorlik sinovdan o‘tdi

Bandixon tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholining xavfsizligini ta’minlash...

Nazorat yanada kuchayadi

Mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish, fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarining...

Iqlim o‘zgarishi: yoshlar jim emas

Bugungi kunda yoshlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni tabiatga...

Maktabda maslahatlashamiz yoxud yoshlar kelajagini shakllantirayotgan yangi tizim

Ba’zan insonni ortga tortayotgan narsa iste’dodsizlik emas, aksincha, o‘z...
KunTun
KunTun