Ko‘makka muhtoj bo‘lmaydi…

Date:

Shunday insonlar borki, o‘zining zaif tomonini ko‘rsatib, atrofdagilarning muruvvatini, shafqatini kutadi. Bu o‘zi uchun foydali va manfaatlidir. Ammo bu bilan ular o‘zlarining sha’ni, qadr-qimmatini toptashmayaptimikan, deb o‘ylab qolaman. Negaki, har doim o‘zimizni kuchli ko‘rsatishga harakat qilamiz, o‘zgalarning rahmi kelishi, bizni ojiz sifatida ko‘rishi g‘ururimizni sindirgandek bo‘ladi.
To‘g‘ri, buni kim qanday qabul qilishiga bog‘liq. Shu jumladan, jismoniy nuqsonlarimiz sabab ham ruhiy tushkunlikka tushishimiz, o‘zimizni o‘z qobig‘imiz ichiga berkitishga sabab bo‘ladi. Kimnidir yordamiga muhtoj bo‘lishdan, zaif ko‘rinishdan yomoni yo‘q axir. Hamma ham bu borada irodali bo‘lavermaydi.
Tinib tinchimagan olimlar esa har qanday nuqsonlarni-da yashirishni, bartaraf etishning yo‘llarini izlashmoqda va topishga muvaffaq bo‘lishmoqda. Janubiy Koreyada yoningizga o‘zi kelib kiyilib oladigan robot ekzoskelet ishlab chiqarildi. Uning yordamida falaj bo‘lgan bemorlar boshqalarning yordamisiz be’malol harakatlanishlari mumkin.
Ishlab chiqaruvchilar kelajakda uni yanada tezroq harakatlanadigan va ixchamroq qilishni rejalashtirishmoqda. Ammo ushbu antiqa mahsulot shu holatda ham xalqaro tanlovda birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun