Talaba qizlar bellashdi

Date:

Yurtimiz bo‘ylab “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida turli yosh toifalarida sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday musobaqalarning navbatdagisi Surxondaryodagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha o‘tkazildi.
Termiz davlat universitetida o‘tkazilgan musobaqalarda oliygohlarning qizlar jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunlariga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi 3-, Termiz davlat universiteti jamoasi 2-, Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi esa 1-o’rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, talaba yoshlar “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida 5 ta sport turi bo‘yicha hududiy bosqich birinchiligi uchun kurash olib borishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun