Rivojlangan davlatlarda turizm sohasiga katta e’tibor qaratiladi. Sayohat qilib, dunyo kezsangiz Fransiyaga yo‘lingiz tushsa, Luvr muzeyiga tashrif buyurmasdan sayohat gashtini sezmaysiz. Buyuk Britanidagi London muzeyi, Sankt-Peterburgdagi Ermitajda bo‘lmay turib, sayohatingiz tugal bo‘lmaydi. Ha, aytgancha, Yevropani keza turib, ulkan ochiq osmon ostidagi ulkan muzey sanalmish — Pompey shahar qoldiqlarini tomosha qilsangiz, hayratingizni yashira olmasligingiz aniq. Dunyo shunday sir-u sinoatlarga, ajoyibotlarga to‘la. Buni his etish uchun faqat va faqat sayohatga otlanish kifoya. Holbuki, yurtimizda, Surxon vohasida ham ana shunday ming bir taassurotlar olish mumkin bo‘lgan madaniy meros obyektlari bor.
Vohaga tashrif buyurgan sayyohlarning o‘zlari fikrlarimiz nechog‘lik to‘g‘ri ekaniga sayohatlari davomida amin bo‘lib borishmoqda. Fikrlarimizni dalillaydigan bo‘lsak, Termiz tumanidagi Fayoztepa, Qoratepa yodgorliklari, yoshi asrga tenglashkan Chinor daraxti, Qirqqiz, Sangardak-u sanasak, eh-he nomini aytib ado etolmaydigan go‘sha-yu obyektlarimiz talaygina. Biz esa turizm sohasiga e’tiborni kuchaytirishimiz, sayyohlar uchun tariximiz, madaniyatimiz, urf-odat-u an’analarimizni bor bo‘yicha ko‘rsatishimiz darkor. Xususan, Termiz tumanidagi Fayoztepa va Qoratepa madaniy meros obyektlari “Ochiq osmon” ostidagi muzeyga aylantirish maqsadida amaliy sa’y-harakatlar boshlab yuborilgan. Ayni ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq Termiz tumanida bo‘ldi.
Bu borada belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan mutasaddilar axborot berdi. Viloyat rahbari majmuani ko‘zdan kechirib, sharqiy Osiyo davlatlaridan tashrif buyuruvchi turistlarni eng ko‘p qiziqtiruvchi mazkur obyektlarda infratuzilmani yaxshilash, sayyohlar uchun qulayliklar yaratish borasida vazifalarni belgilab berdi. Shundan so‘ng, viloyat rahbari Angor va Muzrabot tumanlarida bo‘lib, turizm, madaniy meros, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar sohalari qatori xotin-qizlar bandligi masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalarning borishi bilan tanishdi.
Tumanlarda tashkil etilayotgan 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi “Yoshlar va turizm” ko‘chalarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi. Avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mutasaddilarning axborotini tingladi.
Viloyat rahbari Muzrabot tumaniga tashrifini davom ettirib, Axborot-kutubxona markazida yaratilgan sharoitlar hamda 1-son maktabning bo‘sh binosida xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan hunarmandchilik markazi, jumladan, tikuvchilik kursi faoliyati bilan tanishdi. Kutubxonadan foydalanuvchilar sonini oshirish maqsadida kitobxonlik targ‘ibotini kuchaytirish, ishsiz xotin-qizlarni tikuvchilik kurslarida o‘qitib, kasb-hunarli qilish, bandligini ta’minlash vazifalari topshirildi.
Keyingi manzilda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, ajrimlar ko‘p qayd etilgan sektor mahallalari hamda jinoyatga moyil ayollarga biriktirilgan mas’ullar tomonidan olib borilayotgan tadbirlar mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi. Shuningdek, turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar hamda oila va xotin-qizlar yo‘nalishlaridagi sohalarni rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar, qabul qilingan dastur va chora-tadbirlar ijrosi tahlil qilindi.
Ochiq osmon ostidagi Fayoztepa va Qoratepa Ermitaj-u Pompeydan kam emas
Date: