Yoshlar korrupsiyaga “yo‘q” deydi!

Date:

Yoshlarning har bir jihatga, har bir mavzuda o‘z fikr va pozitsiyasi bor. Faqatgina ularga imkoniyat berilsa, munosib javobni olish mumkin. Termiz iqtisodiyot va servis universitetida iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Unda universitet talabalari “Eng yaxshi rasmlar”, “Eng yaxshi insholar” va “Eng yaxshi videoroliklar” yo‘nalishlarida ishtirok etishdi.


Dastlab, tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashishda faollikka undadi. Shundan so‘ng, tanlovlarga start berildi. Jarayonda ishtirokchilar san’ati va mahoratini ishga solib, surat chizishgan bo‘lsa, boshqalari qog‘oz qoralab, o‘z fikr va mushohadalarini bildirdilar. Ayniqsa, videoroliklar yo‘nalishida ishtirok etgan yoshlar ta’sirchan kadrlarni suratga olib, aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini ifodalashga urindilar.
Barcha ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun