O‘ZBEKISTON BAG‘RIKENG DIYOR

Date:

Barchamizga yaxshi ayonki, 16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni. Shu munosabat bilan yurtimizda ayni sanaga bag‘ishlab, 11-16-noyabr kunlari “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda. Bag‘rikenglik haftasi dasturi doirasida 2-sonli umumta’lim maktabida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yurtimizda diniy erkinlik va millatlararo munosabatlarning barqarorligini keng jamoatchilikka yana bir bor namoyish etishdan iboratdir.


Tadbirda so‘z olganlar bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashayotganliklarini ta’kidlashdi. Qolaversa, 16 ta diniy konfessiyalar o‘z faoliyatini erkin amalga oshirayotganlari, ular O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib kelishayotgani e’tirof etildi.
Sana munosabati bilan turli millat va elat vakillari tuman hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun